‼️E’lon!‼️
🔹Hurmatli universitet talaba-yoshlari!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 503-sonli qarori bilan ta'sis etilgan "ILHOM" mukofotining universitet bosqichini e'lon qilamiz.
🔸"ILHOM" mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini o'rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosida tadqiqot o'tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijaga erishgan, universitetda tahsil olayotgan va faoliyat ko'rsatayotgan talaba-yoshlarga beriladi.
🔸Tanlov ikki - dastlabki saralash va asosiy bosqichlarda o'tkaziladi.
🔹Dastlabki saralash bosqichida talabalar universitet miqyosida test savollari orqali saralanadi.
🔵 Test savollari: milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adib va mutafakkirlarning boy ma'naviy merosi, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini qamrab olgan 50 ta test savollardan iborat bo'ladi.
🔸Tanlovning asosiy bosqichi g'oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadilar:
🥇1-o'rin uchun- O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan "Spark" yengil avtotransport vositasi, maxsus diplom, statuetka;
🥈2-o'rin uchun 30 000 000 so'm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka;
🥉3-o'rin uchun 15 000 000 so'm pul mukofoti, maxsus diplom va statuetka.
🔹Tanlovda ishtirok etish istagi bor talaba-yoshlar universitet Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga kelib ariza topshiradilar.
🔸Arizalar 📆 12-martdan 15-martgacha qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: +99890 312 87 17