🗣️2026-yil 27-oktabr kuni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Qozoğiston Respublikasining Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (Abai University) delegatsiyasi taşrif buyurdi.
⚡️Delegatsiya tarkibida Abay universitetining strategiya va xalqaro aloqalar böyiça prorektori Iskakova Aygul Toleutayevna hamda soğlomlaştiriş sporti kafedrasi mudiri, falsafa doktori (PhD), dotsent Doşybekov Aydin Bagdatoviç iştirok etdi.
⏩Taşrif buyurgan xorijiy delegatsiya vakillari Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov tomonidan qabul qilindi. Uçraşuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, akademik mobillik dasturlarini kengaytiriş, professor-öqituvçilarning özaro malaka oşirişi va xorijiy stajirovkalarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
➡️Şuningdek, tomonlar qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari va boşqa akademik tadbirlarni hamkorlikda taşkil etiş, professor-öqituvçilar hamda yoş tadqiqotçilar örtasida tajriba almaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş yuzasidan fikr almaşdilar.
🔺Uçraşuv yakunida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov tomonidan Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti bilan özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
🌎Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida akademik mobillikni rivojlantiriş, professor-öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, xalqaro konferensiyalar, seminarlar hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni hamkorlikda taşkil etiş uçun muhim asos bölib xizmat qiladi.
🌎Uşbu taşrif Özbekiston va Qozoğiston oliy ta’lim muassasalari örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, ta’lim, ilm-fan va sport sohalaridagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölidagi muhim amaliy qadamlardan biri böldi.