🇺🇿Aichi-Nagoya Osiyo o‘yinlarida yengil atletika sport turi bo‘yicha erishilgan natijalar, sportchilarning musobaqaga tayyorgarlik jarayoni hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuv O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tdi.
✅Yig‘ilishda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari N. To‘xtaboyev, rais maslahatchisi K. Ruzamuxamedov, X. Ortiqov hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi. Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh. Mirzanov ochib berdi.
📈Uchrashuv davomida yengil atletika bo‘yicha g‘olib va sovrindor sportchilar — Sharifa Davronova, Suxrob Xodjayev, Barno Sayfullayeva hamda A. Anvarovlarning musobaqaga tayyorgarlik jarayoni va bellashuvlardagi ishtiroki haqida ma’lumot berildi.
🔺 Shuningdek, yengil atletika sport turida kelgusida o‘tkaziladigan musobaqalar, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari va sportchilar tayyorgarligini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.