🟢Talaba-yoshlar o‘rtasida tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, turli zararli g‘oyalarga qarshi mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
👦Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” va “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzularida davra suhbatlari va ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi.
📚Ushbu Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bosh mutaxasisi Voxidjon Hamidov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig'i U.Alqorov ishtirok etdilar.
🌎Shuningdek, globallashuv sharoitida turli axborot oqimlari orasidan ishonchli ma’lumotlarni ajrata bilish, buzg‘unchi targ‘ibotlarning asl maqsadini anglash hamda har qanday axborotga ongli yondashish zarurligi ta’kidlandi.
🛡Uchrashuvlarda jaholat va buzg‘unchi qarashlarga qarshi kurashishda bilim, mustaqil fikrlash va ma’rifatning o‘rni alohida qayd etildi. Yoshlarni ilm olishga intilish, kitobxonlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undovchi fikrlar bildirildi.
💬Tadbirlar doirasida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi.