O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka 2026-yil uchun quyidagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga QABUL E’LON QILADI:
➡️ Dasturni yuklab olish uchun
➡️ Dasturni yuklab olish uchun
- 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka;
- 19.00.06 – “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilikka;
- 03.00.08 – “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka;
- 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka.
Tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat va imtihon belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
- Tayanch doktoranturaga va maqsadli tayanch doktoranturaga kiruvchilar mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar.
Tayanch doktoranturaga va maqsadli tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha 1997-yilgacha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishi;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lishi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga (B1) ega bo‘lishi.
Tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)da o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (B1).
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (B1);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.
- doktoranturaga suhbat asosida qabul qilinadi.
Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga (B1) ega bo‘lishi.
Hujjatlar (PDF) shaklida tayyorlanib, 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (https://daraja.ilmiy.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi.
Manzil: Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uy, E-bino, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, 303-xona.
Murojaat uchun telefon: +998 93 002-62-02
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni 4-bandida 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida, boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha kamida B1 darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talab etilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4/q-q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) tasdiqlangan.