2026-yil 26-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori, professor Rashid Matkarimov raisligida tashkil etilib, unda prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
🇺🇿Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyidagi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
🗣️Yig‘ilish davomida Kengash raisi tomonidan 2026-2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, oldinda o‘tkazilishi kutilayotgan yirik sport musobaqalari va unda universitet jamoasining ishtiroki, sport federatsiyalari bilan hamkorlik aloqalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Sport vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash muhim vazifa sifatida belgilandi.
🟡Shu bilan birga, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, har bir topshiriqni mas’uliyat bilan bajarish hamda universitet faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Kengash yig‘ilishida 2026-yil may oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.