2026 yil 7 may kuni “Tibbiy biologik fanlar” kafedrasining proffessor-o'qituvchilari va universitetimiz talabalari bilan “ Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bag'ishlangan tadbir otkazildi.Tadbirga Universitetimizda bioximiya va sport bioximiyasi fani fahriy ustozlarimiz M. Sultonova va S.Bandarenko qatnashdilar.
Tadbir boshlanishini kafedrasi mudiri prof D.Safarova boshlab berdilar.
Tadbirning ning asosiy maqsadi - vatanparvarlik tuyg'usini rivojlantirish, yoshlarda milliy g'ururni uyg'otish, tarix va madaniyatimizning ulug'ligini tushuntirish edi.
Xalqimiz hayotida alohida o`rin tutgan bu kun, har bir qishloq va shaharda katta hurmat va ehtirom bilan nishonlanadi. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi.
Tadbir davomida talabalarimiz o'z fikrlarini bildirishdi. Ularning aksari quyidagilarni ta'kidladi:
• Vatanparvarlik - bu yangilashga, taraqqiyotga sadoqat bo'lishdir;
• Mustaqil O'zbekistonga ishonch va sevgi - yoshlar ustida asosiy majburiyat;
• Vatani qo'riqlab turish - bu jamiyat ta'limining asosiy vazifasi;
• Vatan uchun ilm-fan, ijodiy faoliyat, halol mehnatning ahamiyati beqiyosdir.