Yig‘ilish universitet rektori, professor Rashid Matkarimov raisligida tashkil etildi. Unda prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, Kengash a’zolari ishtirok etdi.
💬Yig‘ilishda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, tanlov ishlari, Fanlardan yakuniy nazoratni o‘tkazish, “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalaring hududiy bosqichi hamda 3-bosqich Respublika (final) bosqichiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini hududiy va respublika bosqichlarini samarali tashkil etish va o‘tkazish, “Talaba yugur” sport musobaqalariga universitet jamoasini ishtirok etishini ta’minlash va boshqa shu kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
✅Muhokamalar yakunida Kengash tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinib, aniq rejalar belgilab olindi.