Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talabalar sport salohiyatini oshirish hamda ularni yirik sport musobaqalariga tayyorlash maqsadida kikboks sport turi bo‘yicha universitet ochiq birinchiligi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅Mazkur musobaqada nafaqat kikboks, balki qo‘l jangi, boks, jismoniy madaniyat, muay tay yo‘nalishlari hamda boshqa bir qator sport turlarida tahsil olayotgan sportchi-talabalar ham faol ishtirok etdilar. Bu esa bellashuvlarning yanada qizg‘in, raqobatbardosh va tomoshabop ruhda o‘tishiga xizmat qildi hamda turli sport yo‘nalishlari vakillari o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.
📚Musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida 7 ta vazn toifasida hamda qizlar o‘rtasida 7 ta vazn toifasida sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar. Har bir jang murosasiz kurashlar, aniq va tezkor zarbalar, puxta himoya va taktik ustunlik bilan ajralib turdi. Ayniqsa, final bahslari keskin raqobat va yuqori sport mahorati bilan muxlislar e’tiborini tortdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
54 kg vazn toifasi:
🥇 Ibragimov R
🥈 Shamshedov A
🥉 Azimjonov A
🥉 Bekjonov R
60 kg vazn toifasi:
🥇 Abrorov D
🥈 Musurmonov D
🥉 Mavlonov M
63,5 kg vazn toifasi:
🥇 Atxamov J
🥈 Ortiqov M
🥉 Qurbonov O
67 kg vazn toifasi:
🥇 Muzaffarov Sh
🥈 Iskandarov K
71 kg vazn toifasi:
🥇 Niyozov I
🥈 Sagdullayev T
🥉 Ibrohimov M
🥉 Shokirov R
81 kg vazn toifasi:
🥇 G‘aniyev S
🥈 Qurbonov Sh
91+ kg vazn toifasi:
🥇 Xasanboyev S
🥈 Quchqorov D
Qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar:
48 kg vazn toifasi:
🥇 Jalolova R
🥈 Kayumova O
52 kg vazn toifasi:
🥇 Xusanova M
🥈 Majidova M
🥉 Yunusova M
56 kg vazn toifasi:
🥇 Baxromova M
🥈 Xusanova M
60 kg vazn toifasi:
🥇 Tursunova S
🥈 Mashrabova I
🥉 Abdurahmonova M
🥉 Nuraliyeva G
65 kg vazn toifasi:
🥇 Qo‘chqorova D
🥈 O‘ktamova R
🥉 Umarova G
70 kg vazn toifasi:
🥇 Xamrayeva J
🥈 Obidova D
70+ kg vazn toifasi:
🥇 Jo‘rayeva R
🥈 Sobirjonova D
🥉 Mamarayimova D
🥉 Allaberdiyeva R
➡️Mazkur musobaqa sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini yanada mustahkamlash, ularning tajribasini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, ushbu bellashuvlar oldinda turgan respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun samarali bosqich vazifasini o‘tadi.
🏆Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar diplom hamda medal bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.