2026-yil 1-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda University of Business and Science (UBS) o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va sport sohalarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim memorandum imzolandi.
🟡Mazkur hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
✅Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
🔶Memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi:
➡️ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashish;
➡️ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
➡️sport va jismoniy tarbiya sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
➡️amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash;
➡️raqamli transformatsiya va masofaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
➡️inklyuziv ta’lim va sportni rivojlantirish;
xalqaro hamkorlik va grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish.
📑Mazkur memorandum ikki tomon o‘rtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirish hamda sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.