✅Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminar va sport haftaligi doirasida bugun, 22-aprel kuni erta tongdan “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.
✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu marafonda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
🏢Ushbu “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafonda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov ham faol ishtirok etmoqda.
💬Tashabbusning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.
Sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.