Toshkent shahridagi "Hilton Tashkent City" mehmonxonasida yurtimizdagi ta’lim tashkilotlari hamda yetakchi xalqaro akkreditatsiya institutlari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
🌎Mazkur tadbir xalqaro miqyosda tan olingan AMBA & BGA (Association of Master of Business Administration and Business Graduates Association) — Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi nufuzli akkreditatsiya tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
➡️Seminar-treningda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, xalqaro akkreditatsiya talablari, ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.
👦Tadbir davomida ishtirokchilarga ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish hamda oliy ta’lim muassasalarining global reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan amaliy keyslar asosida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.