Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida o‘tkazilgan “Salomatlik sayli” milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha respublika festivali doirasidagi tadbirlar yorqin va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
🗣Festival dasturidan:
🟢Milliy xalq o‘yinlari (“chillak”, “lanka”, “arqon tortish”, “oq terakmi – ko‘k terak”, “mindi”, “kim oladi-ya”) bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar
🟢 “Milliy xalq ertaklari qahramonlari” sahna chiqishlari
🟢 “Family Sport Day” – oilaviy bellashuvlar
🟢Yashil maydonlarda professional instruktorlar bilan yoga mashg‘ulotlari
🟢Oliy sport-ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari chiqishlari va milliy liboslar ko‘rgazmalari
🟢Etnosport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar chiqishlari
🟢Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari
🟢“Qozonda osh” va “Sumalak” tadbirlari
🟢“Xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun va qadrli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar
🟢“Sportchi karyera kuni” – bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi
🟢“Yosh kitobxonlar” uchun kutubxona burchaklari
🟢“Digital sport” mobil ilova pavilyoni – sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar oʻrin oldi.
Mazkur festival milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda yoshlarni sportga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.