#Tanlov
E’LON
Hurmatli, universitetimizning talaba-yoshlari bahor yosharish va yashnash shuningdek, turfa bayramlar bilan boshlanadigan o‘zgacha fasl. Shulardan biri 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramidir. Ushbu bayram munosabati bilan, universitet talabalari o‘rtasida “Jannat – onalar oyog‘i ostida” deb nomlangan insholar tanlovini eʼlon qilamiz.
Tanlovda universitetning barcha bakalavr hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar I, II va III darajali diplom va pul mukofatlari bilan taqdirlanadi. Jumladan:
- 1-o‘rin g‘olibiga 1 million 500 ming so‘m;
- 2-o‘rin g‘olibiga 1 million so‘m;
- 3-o‘rin g‘olibiga 500 ming so‘m.
Tanlov shartlari: Insho qo‘lyozma shaklida ( 12 varoqli daftarda ) taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar o‘zlari tayyorlagan materiallarini joriy yilning 5-martiga qadar universitetning Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etishlari so‘raladi.
Murojaat uchun tel: 93-939-53-53.