#talaba_yutuqlari
✅Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimizdagi Gimnastika markazi majmuasida O‘zbekiston tarixida ilk bor sport gimnastikasi bo‘yicha “World Challenge Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
📍E’tiborlisi, ushbu musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 30 nafardan ortiq talablari volontyor sifatida faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini oshirmoqda.
✔️Shuningdek, universitet talabalari musobaqa davomida ishtirokchilar safida qizg‘in bahs olib borib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan munosib o‘rin egalladilar. Xususan, Abduaziz Mirvaliyev 🥇oltin, Xumoyun Islomov🥈kumush medal sohibiga aylandilar.
👏💐Sportchi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz!