#talaba_yutuqlari
2025-yil 19-iyun kuni Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari boʻyicha U17 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi.
🇺🇿Ushbu chempionatning ilk kunini muvaffaqiyatli boshlangan O‘zbekiston terma jamoasi U23 toifasidagi “klassik” kurashchilar chiqishida 🥇2 ta oltin, 🥈1 ta kumush va 🥉1ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
🎆Quvonarlisi, ularning orasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Mehroj Bahromov -60 kg vazn toifasida musobaqaning 🥈kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
👏Barakalla Mehroj!