#harbiy_qismga_sayohat
#ochiq_eshiklar_kuni
👮🏻2025-yilning 16-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, shuningdek, Jangovar yakkakurash, Xalqaro kurash va Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari tyutorlari hamda talabalari Chirchiq shahrida joylashgan 71201-harbiy qismda “Harbiy qismda bir kunim” loyihasi asosida o‘tkazilgan ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.
✔️Talaba-yoshlarda ona Vatanga muhabbat, sadoqat va mardlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda talaba-yoshlar harbiy qism faoliyati va harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.