#talaba_yutuqlari
🥊Xabaringiz bor, joriy yilning 10-17-may kunlari Polshaning Varshava shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🥊Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori To‘lqin Qilichev boshchiligidagi mahoratli charm qo‘lqop egalarimiz musobaqa davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yakunda 🥇6 ta oltin, 🥈1 kumush va 🥉2 ta bronza medaliga ega chiqdilar.
🔽Quvonarlisi, g‘olib va sovrindorlar orasida universitetimiz boks ixtisosligi talabalari:
🥇Javohir Ummataliyev oltin,
🥉Samandar Olimov esa bronza medal sohibiga aylandi.
💐👏Barakalla shovvozlar!