Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi) 2022 yil fevral-mart oylarida quyidagi malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladi:
- ta’lim muassasasi boshqaruvi va iqtisodiyoti.
- masofaviy ta'limni tashkil etish texnologiyalari.
- maxsus dasturiy ta'minotda interaktiv o'quv materiallarini yaratish.
Kurslar rus tilida olib boriladi. Malaka oshirish dasturlari masofadan turib amalga oshiriladi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, malaka oshirish sertifikati beriladi. Malaka oshirish dasturida qatnashish uchun to'lov olinmaydi. Ro’yxatdan o’tish muddati 27.01.2022 y.gacha.
Ishtirok etuvchilar universitetning Xalqaro aloqalar bo’limiga (E bino, 305) murojaat qilishlari mumkin.