O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport klubi logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!
Qadrli universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim izlanuvchilari, talaba-yoshlar!
✔️O‘z ijodingiz va kreativ g‘oyalaringiz bilan 3 000 000 (uch million) so‘m pul mukofotiga ega bo‘lishni qo‘ldan boy bermang!
? Tanlovda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim izlanuvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
? Tanlov shartlari:
- universitet Sport klubining faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
- betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega bo‘lishi, o‘zida jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish g‘oyalarini ifoda etish hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
- zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan va noan’anaviy shaklga ega bo‘lishi lozim.
Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga ko‘ra:
?logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda telegram raqamga (99-002-28-05, 99-853-83-75) yuborilishi talab etiladi;
? har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin.
? Logotip O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
? Tanlovda loyihalar 2022-yil 20-yanvardan 18-fevralga qadar qabul qilinadi.
? G‘olib joriy yilning ferval oyida o‘tkaziladigan universitet kengashida e’lon qilinadi.
Murojaat uchun telefon: 99-002-28-05, 99-853-83-75