#talaba_yutuqlari
🏇Joriy yilning 17–27 aprel kunlari mamlakatimizda ot sporti bo‘yicha yirik tartibdagi xalqaro musobaqalar, jumladan Jahon kubogining 1–2 bosqichlari, Osiyo kubogi hamda ot yo‘rttirish sport turining Dressage World Challenge CDI-1 musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
♻️Quvonarlisi, ushbu nufuzli sport musobaqalardan biri to'siqlardan o'tish bo'yicha o‘tkazilgan Dressage World Challenge CDI-1 kubogi bahslarida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Og‘ir atletika, ot sport yo‘nalishi talabasi Ulug'bek Usmonov ham munosib ishtirok etib, musobaqa 🏆kubogi sohibiga aylandi.
🇺🇿👏O‘zbek ot sportining salohiyatini butun dunyoga namoyon etgan sportchi talabamizga kubok muborak bo‘lsin!