❗️Diqqat eʼlon❗️
?Hurmatli universitet talabalari!
Joriy yilning 12-20-yanvar kunlari universitet talaba-yoshlari o‘rtasida qishki taʼtilni mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi" kitobi mazmuniga qaratilgan onlayn Esselar tanlovini eʼlon qilamiz.
?Tanlov shartlari: Esselar Times Nev Roman shriftida 14 kattalikda, 1,15 SM oraliqda (interval), chap va o‘ng, tepa va past qismlari 2 SM, xat boshi 1,25 SM formatda qabul qilinadi. Mavzu nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda, mavzudan so‘ng esa muallif (lar) ning fakultet nomi va guruh raqami to‘liq bo‘lishi kerak. Esse 2-3 sahifa (bet) dan iborat bo‘lishi shart.
Onlayn tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
birinchi o‘rin - 3 000 000 (uch million) so‘m;
ikkinchi o‘rin - 2 000 000 (ikki million) so‘m;
uchinchi o‘rin - 1 000 000 (bir million) so‘m.
?Onlayn tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan materiallarini +998(33-455-87-17) telegram tarmog‘iga jo‘natadi.
Masʼul: Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi uslubchisi G‘.To‘g‘onboyev
Murojaat uchun telefon: +998 90 312 87 17