#xizmat_safari
📆Joriy yilning 4-24 aprel kunlari universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Jumagul Parpiyeva Malayziyada xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
✅Safar davomida Jumagul Parpiyeva ushbu davlatning Sandakan shahrida o‘tkazilgan regbi sport turi bo‘yicha “Borneo Sevens RT 2025” xalqaro musobaqasida terma jamoamiz safida ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
📍Shuningdek, yosh o‘qituvchimiz regbi sportidan tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ham faol qatnashib, o‘z tajribasi va mahoratini yanada oshirdi.