#xalqaro_hamkorlik
2025-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xitoyning Guanjou sport universiteti vakillari o‘rtasida sport sohasi bo‘yicha xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida yangi loyiha yuzasidan onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Jasur Zarifbayev, professor Georgiy Korobeynikov hamda tegishli bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari faol ishtirok etdilar.
Muzokaralar davomida tomonlar yangi loyihaning maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari va amaliy bosqichlarini muhokama qildilar. Xususan, akademik almashinuvlar, ilmiy-tadqiqot loyihalari va qo‘shma trening dasturlari kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu yangi loyiha ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro maydondagi mavqeini yanada oshirishga xizmat qiladi.