#Kun_nafasi
#Madhiyam_fahrim_g‘ururim
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida haftaning ilk ish kuni va o‘quv jarayonlari boshlanishidan avval davlat madhiyasi yangrashi an’anaga aylangan.
✅Sir emaski, davlat madhiyasi yoshlar, ayniqsa sportchilarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, har tomonlama barkamol va yetuk sportchi bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
📍Eng asosiysi, madhiya — Inson qalbida Vataniga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, bunyodkorligi, orzu-maqsadi mujassamdir.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasiga yuksak ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimiz!