#muhim
✅Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.
✔️Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ushbu NIZOM haqida Ofis registratori xizmatlari boshqarmasi xodimlari tomonidan talabalar uchun seminar tashkil qilindi.
📍Seminar davomida mutaxassislar nizomda grant ajratishning tartibi, shart-sharoitlari, shuningdek, ularni qayta taqsimlash mexanizmlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardilar.
👩🎓Qadrli talabalar mazkur NIZOM bilan quyidagi havola orqali to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin👇
https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154