🔷 Bugun, 18-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri Adham Ikramov raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha Kuzatuv kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Yig‘ilish davomida universitetning 2025-yil birinchi chorakdagi faoliyat natijalari, xususan, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, o‘quv jarayonlari tizimini optimallashtirish hamda oliygohning xalqaro yo‘nalishdagi aloqalar doirasini kengaytirish va mustahkamlash yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar, ma’ruzalardan kelib chiqib, mas’ullarga yuqoridagi barcha yo‘nalishlar, shuningdek, oliygoh va uning Nukus filiali, sport akademiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga 2025-2026 yilgi qabul kvotalarini shakllantirish bo‘yicha zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.