#talaba_yutuqlari
#UNIVERSIADA_2025
✅Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida "Universiada-2025" sport musobaqalari dasturidan joy olgan sportning WORKOUT turi bo'yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
👫👭Jamoalar o‘rtasida kechgan shiddatli bahslarning final bosqichida O‘zDJTSU hamda ChDPU jamaolari o‘zaro kuch sinashdi va yakunda universitetimiz talaba-yigitlar jamoasi 142 ball, qizlar jamoasi 81 ball to‘plab, “Universiada-2025” sport musobaqasining final bosqichiga yo‘l oldi. Chirchiq davlat pedagogika universitetining yigit-qizlar jamoasi esa jami 173 ballni jamg‘ardi hamda viloyat bosqichini ikkinchi bo‘lib yakunlashdi.
📍Ma’lumot o‘rnida, WORKOUT bo‘yicha “Universiada-2025” sport musobaqasining final bosqichiga joriy yilning 22-25 aprel kunlari Termiz shahri mezbonlik qiladi.