#profilaktik_tadbir
✅Bugun, 17-aprel kuni universitetning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirokida "Korrupsiya – millat zavoli" mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir o‘tkazildi.
⏩Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan mavzuga oid zaruriy ma'lumotlar berildi.
📍Jumladan, mas'ullar o'z ma'lumotlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va chek qo‘yish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi haqida alohida to'xtaldilar.