#talaba_yutuqlari
2025-yil 14-aprel kuni Toshkent shahrida sambo va jangovor sambo sport turlari bo‘yicha start olgan o‘smirlar, yoshlar hamda sport ustalari o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati qizg‘in bahslarga boy tarzda kechmoqda.
✅Ahamiyatlisi ushbu chempionatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham munosib ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallashga ulgurdi.
⏩Xususan, sambo bo‘yicha 79 kg vazn toifasida Shahriyor Karimov va 98 kg vaznda Mirjalol Normo'minov 🥇🥇oltin medallarni, Hudoyor Ibragimov esa 88 kg vazn toifasida 🥉bronza medali sohibi bo‘ldi.
👏👏Sambochi talabalarimizga ofarin!
📍Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 20-aprelga qadar davom etadi.