#ommaviy_sport
📆Aprel oyi mobaynida universitet jamoasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qibray tumanidagi mahallalar va ta’lim muassasalaridagi ommaviy sport targ‘iboti tadbirlari tobora qizg‘in tus olmoqda.
⏩Xususan, navbatdagi tadbirlar 12-14 aprel kunlari Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish, Og‘ir atletika, ot sporti hamda Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari tomonidan Qibray tumanidagi 29-, 32- va 45-sonli maktablarda tashkil etildi.
✔️Tadbirlar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari va bitiruvchi sinf o'quvchilari o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazilib, sportning mini futbol, va akrobatika turlaridan mahorat darsi hamda tosh ko‘tarish bo‘yicha o‘quvchilar ishtirokida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Yakunda bitiruvchi sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqichini oliygoh talabasi bo'lib davom ettirishga chorlab qolindi.