#xizmat_safari
🤼♂️📊Joriy yilning 8-12 aprel kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o‘qituvchisi Shuxrat Qurbonov Gruziyaning Batumi shahrida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
📍Safar davomida universitet vakili tomonidan kurash bo‘yicha Yevropa chempionati doirasida kurash murabbiylari va hakamlari uchun tashkil etilgan xalqaro seminarda ekspert sifatida ishtirok etib hakamlik qoidalari va usullari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
✔️Aytish joizki, mazkur xizmat safari o‘zbek milliy kurashi targ‘ibotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.