#kitob_taqdimoti
📚Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, Xalqaro toifadagi sport ustasi, Butunjahon milliy sportlar federatsiyasi vitse-prezidenti Po‘lat Usmonovning “Assalom tong! sog‘lomlashtirish mashqlari ilmiy-ommabop qo‘llanma” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✅Unda universitet rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, kafedra mudirlari, O‘zbek jang san’ati federatsiyasi mas’ullari, Rossiya va Hindiston davlatlaridan tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar, sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda bir qator sport-sog‘lomlashtirish markazi vakillari ishtirok etdi.
📍Taqdimot davomida so‘zga chiqqanlar mazkur kitob haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirib, u nafaqat keng omma uchun, balki yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanuvchi turli toifadagi sportchilar uchun ham chigalyozdi va tiklantirish mashqlari sifatida zaruriy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.
✔️Shuningdek, tadbir davomida ushbu kitobdagi mashqlar majmuasi aholining turli qatlamlari salomatligini mustahkamlash, yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish hamda jismoniy holatini yaxshilash uchun ham muhim manba bo‘lishi qayd etildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.