#talaba_yutuqlari
🏇2025-yil 7–10 aprel kunlari ot sportining ot yo‘rttirish yo‘nalishi bo‘yicha kichik o‘smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida yakkalik hamda jamoaviy dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
📆3 kun davomida yuqori raqobat ruhida kechgan ushbu musobaqada ishtirokchilar o‘z otlari bilan o‘ziga xos uyg‘unlikda chiqishlar qilib, hakamlar va tomoshabinlarga chinakam sport bayramini taqdim etdi.
✅Barcha sport turlari kabi ot sportida ham o‘z iqtidorlarini namoyon eta olgan universitetimizning ot sporti yo'nalishi talabalari ham ushbu chempionatning g‘olib va sovrindorlari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Jumladan, o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan Kondrina Evelina Paseka laqabli ot bilan 🥇oltin, Litvinova Polina Sulton laqabli ot bilan 🥈kumush medal sohibalari bo‘ldi.
👏💐Talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!