#universitet_hayotidan
✅Ijarada yashovchi talabalar hayoti o‘rganildi
2025-yil 10-aprel kuni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov boshchiligida kafedra mas’ullari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Eshpolatov ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoitini o‘rgandilar.
📍Jarayon davomida ijara xonadonlarida yaratilgan sharoit ko'zdan kechirilib, talabalar bilan yaqindan suhbat o'tkazildi va mavjud muammolar, takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
✅Dolzarb mavzuda munozara debat tashkil etildi
Shuningdek, ushbu sanada kafedra talabalari ishtirokida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida “Internet – yoshlarni ongli fuqaroga aylantiradimi yoki chalg‘itadimi” mavzusida MUNOZARA DEBAT o'tkazildi.