#Amir_Temur_tavalludi_689_yilligi
🏆O'zDJTSUda ana shu shior ostida Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlab turli tadbirlar tashkil etildi.
✅ Jumladan, O‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar uchun Amir Temur hayoti va sarkardalik mahorati hamda jahon tarixida tutgan o‘rni haqida ingliz tilida ochiq dars tashkil etildi.
✅ 1-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-qizlar tomonidan Amir Temur hayotiga oid videorolik tayyorlandi.
✅ Tashabbuskor, yosh tyutor Muhammadxon Xujanov tomonidan Amir Temurga bag‘ishlab ijodiy chiqish qilindi.
✅10-aprel kuni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Bo‘stonliq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida pedagog xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda “Temur tuzuklari”ning davlat boshqaruvida muhim manba sifatidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.