#davra_subati
📱💻2025-yil 8-aprel kuni universitet talaba-yoshlari orasida IT texnologiyalaridan foydalanish qoidalariga bag‘ishlab Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi N.To'rayeva ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
⏩Tadbirda universitetning Qishki va murakkab-texnik sport turlari, Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedralari mas’ullari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
📍Suhbat davomida ijtimoiy tarmoqlar va IT texnologiyalarining sportga bo'lgan ta'siri hamda ularning ijobiy va salbiy tomonlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalaridan samarali hamda to‘g‘ri foydalanish borasida tavsiyalar berildi.