#universitet_hayotidan
✅Chirchiq shahar FVV boshqarmasi xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi
🏀Joriy yilning 8-aprel kuni universitetning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Chirchiq shahar FVV boshqarmasi hamkorligida respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar yong‘inlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi va ularning oldini olish haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
✅Futbolchi talabalar harbiy qismda
⚽️2025-yil 9-aprel kuni universitetning Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalar Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan 🧑✈️Oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti harbiy qismga sayohat uyushtirib, harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.