🏀🏐2025-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida basketbol va voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari start oldi.
✅Dastlab, musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda oliygoh rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, kafedra mudirlari, Sport klubi mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda ishtirokchi jamoalar qatnashdi.
📍Marosim davomida so‘zga chiqqanlar ushbu musobaqa talaba-yoshlar orasida ommaviy sport turlarini yanada keng targ‘ib qilish va mazkur sport turlari bo‘yicha universitet terma jamoasini yangi iqtidor egalari bilan boyitish maqsad qilinganligi borasida fikrlar bildirilib, jamoalarga oldindgi bahslarda omad tiladilar.
✔️Shundan so‘ng musobaqaning basketbol turi bo‘yicha shiddatli bahslar boshlanib, o‘yin jarayonlari qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi va yakunda g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.
📌Eslatib o‘tamiz, ertaga, 10-aprel kuni ushbu musobaqa doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi.