#ofis_registratori
#o‘rganish
Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i S.Tajibayev boshchiligidagi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyatini o‘rganmoqda.
Jumladan, mazkur ishchi guruh bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham talabalarga xizmat ko‘rsatuvchi “Ofis registratori” xizmatlari boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, yangi tuzilma uchun yaratilgan sharoitlar, funksional vazifalar, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, moddiy-texnik baza hamda xodimlarning kasbiy malakasi kabi muhim jihatlar o‘rganildi.
Yakunda “Registrator ofisi” faoliyatini takomillashtirish, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan qator tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.