#Amir_Temur_tavalludi_689_yilligi
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ana shu shior ostida Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlab talaba-yoshlar ishtirokida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
🏓🏸🎾 Xususan, joriy yilning 8-aprel kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'uli, tyutorlar va talabalari birgalikda poytaxtimizda joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.
🏢Muzeyda talabalar buyuk sarkarda, davlat arbobi, Temuriylar davlati asoschisi Sohibqiron Amir Temur Ko'ragoniy davlatchiligi tuzilishi, olib borilgan me'morchilik ishlari, davlat boshqaruvidagi islohotlar aks ettirilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
📍Eslatib o‘tamiz, buyuk ajdodimiz tavalludiga oid tadbirlar davom etmoqda.