#xotin_qizlar_faoliyatidan
🥮🥙2025-yil 7-aprel kuni universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi, Milliy va xalqaro kurash hamda Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari mas’ullari tashabbusi bilan talaba-qizlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni hayotiy tajribalar asosida tarbiyalash maqsadida pazandachilik sirlari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.
✅Samimiy va do‘stona tarzda o‘tkazilgan ushbu master-klass davomida talaba-qizlar o‘zbek milliy taomlari va turli mazali shirinliklarni tayyorlash yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi. Yakunda tayyorlangan taom va shirinliklar dasturxonga tortildi.