#pencak_silat
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Pencak silat federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda sportning pencak silat turi bo‘yicha barcha yosh toifalarida Toshkent viloyati chempionati boshlandi.
📍Pencak silat sport turini yurtimizda har tomonlama ommalashtirish, targ‘ib qilish va yanada rivojlantirish hamda sportchilar orasida do‘stlik, tinchlik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib qilishni maqsad qilgan ushbu chempionatda 200 nafardan ortiq sportchilar tanding yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
👆Yuqorida kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar bahsidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.