#tanlov
👩🎓🎭2025-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida an’anaviy “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🧝♀️🦹♀️Mazkur tanlovda universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalardan tashkil topgan teatr studiyalari ishtirok etib, o‘zlarining sahna asarlari bilan barchaga yorqin taassurot ulashdi. Talabalar tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar o‘zbek adabiyoti klassik asarlaridan tortib, zamonaviy sahna asarlarigacha bo‘lgan keng mavzularni qamrab oldi.
👇"Talabalar teatr studiyasi" universitet bosqichi tanlovi natijalari:
🥇1-o'rin – “Ma'rifatli yoshlar” jamoasiga;
🥈2-o'rin – “Zamonaviy kelinlar” jamoasiga;
🥉3-o'rin esa – “Beg'ubor bolalar” jamoasiga nasib etdi.
✅Yakunda 1-o‘rinni egallagan “Ma'rifatli yoshlar” jamoasi ko‘rik tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.