🔷 Martabali mehmon universitet rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi universitet jamoasi tomonidan munosib kutib olindi.
✅ Dastlab ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilib, unda kurash sportini yanada ommalashtirish, kurash bo‘yicha xalqaro o‘quv seminarlarini muntazam tashkil qilish va mazkur ishlarni keng targ‘ib etish, hamda kelgusida kurash sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Yoshlar o‘rtasida osiyo va jahon chempionatlarini universitet sport majmualarida tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
🏛 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Xalqaro kurash instituti o‘rtasida mamlakatimizda va dunyo miqyosida milliy kurash sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xususan, 2024-yil 20 dekabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-450-sonli qarori ijrosini ta’minlash, hamda kurash bo‘yicha professional murabbiylar, hakamlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
📍 Shundan so‘ng nufuzli mehmon bo‘lajak kurash murabbiylarini xorijiy tillarga o‘rgatish bo‘yicha tashkil etilgan uch oylik o‘quv kursi darslari hamda kurash yo‘nalishi talabalarining mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
✅ Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) Prezidenti Haydar Farmonning universitetga tashrifi shu bilan o‘z nihoyasiga yetdi.