#uchrashuv
#bandlik
Bugun universitetning Talabalar amaliyoti va bandligini ta’minlash bo‘limi tomonidan sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarini ishga joylashtirishga qaratilgan oliygoh rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasidagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mutaxassislar talaba-yoshlarga Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borishning ustun tomonlari, hujjat topshirish tartibi, mavjud mutaxassisliklar hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berdilar. Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi. Shuningdek, mas’ullar talabalar orasida turli huquqbuzarliklar, giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar oldini olish va ularning barvaqt profilaktikasiga oid zaruriy tavsiyalarga ham to‘xtalib o‘tdilar.
Suhbat yakunida bir guruh talabalar ichki ishlar organlarida ishlash istagini bildirdi. Departament mutaxassislari esa mazkur talabgorlar qabul sinovlaridan o'tgandan so'ng ichki ishlar organlarida o'z faoliyatini boshlashlari mumkinligini bildirishdi.