#tadbir
✅Bugun, 31-yanvar kuni ana shu shior ostida universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda Chirchiq shahridagi mavjud mahallalarning faol xotin-qizlari bilan birgalikda tadbir tashkil etildi.
📍Ushbu tadbir talaba-qizlarga oila – jamiyatning tayanchi, undagi mehr-oqibat, hurmat va fidoyilik esa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bebaho qadriyatlarimizdan biri ekanligini, shuningdek, oilada qaynona va kelin munosabatlari, unda qaynonalar kelinlarning hayot yo‘lida o‘z tajribasi orqali yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi mehribon ona bo‘lishi, bunday munosabatlar natijasida esa oilalar mustahkam, baxtli va ahil bo‘lishini anglatish maqsadida tashkil etildi.
✔️Shu bilan birga tadbirda ishtirok etgan qaynona onajonlar bo‘lajak va yosh kelinlar o‘z turmushi davomida qaynonalaridan saboq olishi, ulardan sabr, matonat va donishmandlik kabi ezgu fazilatlarni o‘rganishi kerakligi borasida ham tavsiyalar berildi.
💃🏻🎭🎼Tadbirning badiiy qismidan o‘rin olgan iqtidorli talaba-qizlari ishtirokidagi qiziqarli savol-javoblar, milliy liboslar va raqs namoyishi hamda o‘ziga xos sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
📜💐Yakunda tadbir mehmonlarida universitet mas’ullari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.