✅ Kengash yig‘ilishi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Eldor Raxmanov raisligida o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oliy va professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Muqum Arziqulov ishtirok etib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, ta’lim sifatini oshirishdagi muhim mezonlar, ommaviy sportni rivojlantirishda universitetning tutgan o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
➡️ Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda:
🔹 sport sohasi va universitet faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Sport vazirligi topshiriqlari va buyruqlarining ijrosi;
🔹 xalqaro yo‘nalishda olib borilgan ishlar va Xorijiy sarmoyalar jalb etilishi;
🔹 ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi hamda natijalarining tijoratlashtirilishi;
🔹 professor–o‘qituvchilarining kasbiy malakasi holati va ular tomondan olib borilayotgan darslarning sifatini tahliliy o‘rganish natijalari;
🔹 universitetda 2025-yilda kutilayotgan daromadlar va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;
🔹 kafedralarda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari, shuningdek talabalarning davomati va fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishi;
🔹 Sport klubining 2024-yilda amalga oshirgan ishlar hisoboti va 2025-yilda bajariladigan ustuvor vazifalari va boshqa shu kabi masalalar qizg‘in muhokama etilib, mazkur masalalar ijrosini ta'minlash yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi;