Joriy yilning 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan "Ayol – taraqqiyot timsoli" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Respublikamizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari olima ayollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu konferensiyada Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli M.Nuriddinova hamda onlayn tarzda oliygoh Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi vakillari va olima professor-oʻqituvchilarimiz ham faol qatnashdi.
Konferensiyada ilmiy-ijodiy sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ma’rifiy va ma’naviy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi va xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirishga oid amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.