#O‘zbekiston_chempionati
#yengil_atletika
Bugun, 29-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning yengil atletika turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida U23 O‘zbekiston chempionati musobaqasi boshlandi.
✅Mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 400 ga yaqin sportchilarimiz 17 ta dasturlarda o‘zaro shiddatli bahslarga kirishdi.
♻️Ahamiyatlisi, ushbu chempionat jarayonlarida kiritilgan yangi qoidalarni joriy etish va dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar intituti ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda musobaqa jarayonlarini samarali tashkil etish va o‘tkazishda, shuningdek, mazkur musobaqa davomida yengil atletika ixtisosligi talabalarining hakamlik qilish ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
📍Ma’lumot o‘rnida, musobaqa jarayonlari 2025-yil 30-yanvarga qadar davom etadi.